O‘zbekiston | 18:29 / 31.10.2017
5685
2 daqiqa o‘qiladi

Birinchi marta lavozimga tayinlangan yuridik xizmat xodimlari adliya organlarida stajirovka o‘tashdi

Foto: Fotolia

Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmati xodimi lavozimiga birinchi marta tayinlangan shaxslarning adliya organlarida stajirovkadan o‘tishi tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq yuridik xizmat xodimlari lavozimiga birinchi marta tayinlangan shaxslar adliya organlarida stajirovkadan o‘tadilar.

Mazkur Nizom talablaridan kelib chiqib Adliya vazirligida 2017 yil 16-27 oktabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi yuridik xizmati bosh yuriskonsulti Murodjon Xayrullayev, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi bioxilma-xillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi yuridik xizmati bosh yuriskonsulti Madina Mirvaqulova hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ yuridik xizmati yuriskonsulti Azamat Ollaberganov stajirovka o‘tadilar. 

Stajirovka davrida ular davlat boshqaruvi organlarida yuridik xizmat faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha adliya organlari tomonidan olib borilayotgan ishlar, norma ijodkorligi faoliyatini tashkil etishning huquqiy asoslari, normativ-huquqiy hujjatlarni turkumlashtirish ishlari, tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash asoslari, da'vo va talabnoma ishlarini yuritish amaliyoti, shartnomalarning huquqiy ekspertizasini tashkil qilish 
va o‘tkazish, ularning tuzilishi va bajarilishiga oid munosabatlarda yuridik xizmatning o‘rnini ta'minlash masalalari bilan tanishdilar.

Stajirovka yakunida ularga kelgusi ish jarayonida soha faoliyatini tartibga solishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarga kiritiladigan o‘zgarishlar bilan muntazam tanishib borish va zamonaviy 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid