Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ilk marta tayinlangan yuridik xizmat xodimlari adliya organlarida stajirovka o‘tashdi
Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmati xodimi lavozimiga ilk marta tayinlanganlarning adliya organlarida stajirovkadan o‘tishi tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, ular stajirovkadan o‘tdilar, deb xabar berdi KUN.UZ’ga adliya vazirligi matbuot xizmati.
Mazkur Nizom talablaridan kelib chiqib Adliya vazirligida 2017 yil 16–27 oktabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi yuridik xizmati bosh yuriskonsulti Murodjon Xayrullayev, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofoza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi yuridik xizmati bosh yuriskonsulti Madina Mirvaqulova hamda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ yuridik xizmati yuriskonsulti Azamat Ollaberganov stajirovka o‘tishgan.
Stajirovka davrida ular davlat boshqaruvi organlarida yuridik xizmat faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha adliya organlari tomonidan olib borilayotgan ishlar, norma ijodkorligi faoliyatini tashkil etishning huquqiy asoslari, normativ-huquqiy hujjatlarni turkumlashtirish ishlari, tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash asoslari, da'vo va talabnoma ishlarini yuritish amaliyoti, shartnomalarning huquqiy ekspertizasini tashkil qilish va o‘tkazish, ularning tuzilishi va bajarilishiga oid munosabatlarda yuridik xizmatning o‘rnini ta'minlash masalalari bilan tanishdilar.
Stajirovka yakunida ularga kelgusi ish jarayonida soha faoliyatini tartibga solishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarga kiritiladigan o‘zgarishlar bilan muntazam tanishib borish va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Mavzuga oid
14:56 / 14.09.2024
O‘zbekistonlik talabalar uchun Polshada haq to‘lanadigan stajirovkalar tashkil qilinishi mumkin
21:51 / 04.06.2024
Advokat stajyoriga o‘rindoshlik asosida stajirovka o‘tashga ruxsat berildi
08:24 / 21.09.2023
Talabalar uchun davlat tashkilotlarida ish haqi to‘lanadigan stajirovka joriy etiladi
08:32 / 28.03.2022