Sport | 22:40 / 31.10.2017
4602
1 daqiqa o‘qiladi

Ruminiyalik bokschi Xammer Aleksandr Povetkin bilan jang o‘tkazishga shartnoma imzoladi

Foto: RIA Novosti

Ruminiyalik bokschi Kristian Xammer rossiyalik bokschi Aleksandr Povetkin bilan jang o‘tkazishga shartnoma imzoladi. Bu haqda RCC Boxing Promotion promouterlik kompaniyasi ijrochi direktori Aleksey Titovga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.  

Bokschilar o‘rtasidagi jang joriy yilning 15 dekabrida Yekaterinburgda bo‘lib o‘tadi. Jang g‘olibi yangi zelandiyalik Jozef Parkerga tegishli bo‘lgan WBO chempionlik qamari uchun jang o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritadi.

Kristian Xammer professional bokschi sifatida 26 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, ulardan 22 tasida g‘alaba qilgan, 4 tasini mag‘lubiyat bilan yakunlagan. 

Povetkinning hisobida esa 33 ta jangdan 32 ta g‘alaba va bitta mag‘lubiyat bor.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid