Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shayxontohur tumanida voyaga yetmagan shaxs o‘g‘rilik qildi
2017 yil 27 oktabr kuni soat taxminan 05:30 larda, voyaga yetmagan S.D. o‘zganing mol-mulkini yashirin ravida talon-toroj qilish maqsadida, Shayxontohur tumanida joylashgan do‘konga eshigini buzish yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirib, fuqaro D.T.ga tegishli bo‘lgan 1.878.000 so‘mlik mol-mulkini o‘g‘irlab, jinoyat joyidan yashiringan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar bermoqda.
Toshkent shahar IIBB PPX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida S.D. aniqlanib, ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o‘g‘irlik, ya'ni uy-joy, omborxona yoki boshqa xonaga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Mavzuga oid
17:21 / 30.04.2025
Toshkentning Shayxontohur tumani hokimligi binosi sotuvga qo‘yildi
16:30 / 20.04.2025
Toshkentda fuqarolarga pichoq bilan tahdid qilgan mast erkak 10 sutkaga qamaldi
20:04 / 18.04.2025
Sirdaryoda bir necha o‘g‘rilik sodir etgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
14:51 / 11.04.2025