Sayfullo Soipov AQShga grin-karta bo‘yicha ko‘chib ketgan
Nyu-Yorkda terakt sodir etishda gumonlanayotgan erkak, O‘zbekistonning sobiq fuqarosi Sayfullo Soipov Uber kompaniyasida haydovchi bo‘lib ishlagan, deb xabar qilmoqda CBS News telekanali kompaniya vakiliga tayangan holda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, gumonlanuvchi kompaniyada ishlagan va tarjimai holidagi ma'lumotlari tekshirilgan.
Qayd etilishicha, Soipov Qo‘shma Shtatlarga lotereyada grin-kartani yutib olgan holda ko‘chib ketgan. Bu haqda Santa Monica Observer nashri xabar berdi. Diversity Immigrant Visa («Turli millatdagi muhojirlar uchun vizalar») vizalarni o‘ynash dasturi AQSh Davlat departamenti tomonidan amalga oshiriladi. Lotereya g‘olibi kompyuter orqali tasodifiy tanlov algoritmi bo‘yicha aniqlanadi.
Fox News telekanali ma'lumotlariga ko‘ra esa, uning grin-karta muddati o‘tib ketgan.
Shu bilan birga, politsiya Soipovning yuk mashinasini ko‘zdan kechirish chog‘ida kabinada arab tilidagi yozuvni topgan. New York Times nashri xabariga ko‘ra, unda uning IShID terrorchilik guruhiga sodiqlik bildirgani aytilgan.
Avvalroq 31 oktabrda Nyu-Yorkning Quyi Manxetten tumanida, Jahon savdo markazi yonida sodir etilgan teraktni O‘zbekistonning sobiq fuqarosi Sayfullo Soipov amalga oshirganlikda gumon qilinayotgan xabar berilgandi.
Ma'lum qilinishicha, hujum oqibatida Belgiyaning bir fuqarosi halok bo‘lgan va 3 fuqarosi yaralangan. Shuningdek, Argentinaning 5 fuqarosi halok bo‘lgan va bir fuqarosi jarohat olgan.
Mavzuga oid
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
21:25 / 22.11.2024
Rossiya ortidan AQSh ham yadro strategiyasini o‘zgartirdi
13:52 / 22.11.2024
AQSh O‘simliklar karantini agentligiga 205 ming dollarlik uskunalar topshirdi
21:00 / 21.11.2024