OAV: Tramp o‘z kuyovini ayblamoqda

Foto: SAUL LOEB/AFP/Getty Images.
AQSh prezidenti Donald Tramp huquqshunoslari jamoasi hamda kuyovi va maslahatchisi Jared Kushnerni unga “Rossiya bo‘yicha ish” uchun maxsus prokurorning tayinlanishiga olib kelgan yomon maslahatlar berishda aybladi. Bu haqda o‘z manbalariga iqtibos keltirgan holda The Vanity Fair nashri xabar berdi.
Nashrning yozishicha, Tramp huquqshunoslarini ular maxsus prokuror Robert Myullerga Rossiya ishi bo‘yicha tergov boshlashiga yo‘l qo‘yishganidan shikoyat qilgan.
Shuningdek, ma'lum qilinishicha, 31 oktabrda Tramp Oq uyning sobiq bosh strategi Stiven Bennon bilan suhbatda kuyovini sobiq maslahatchi Maykl Flinn va FQBning sobiq rahbari Jyeyms Komining o‘z lavozimlaridan chetlatilishlariga olib kelgan qarorlarni qabul qilishda ayblagan. Ular bo‘shatilgandan keyin esa Myuller tayinlangan.
Yana bir manbaning aytishicha, Tramp saylovoldi shtabining sobiq maslahatchisi Rojyer Stoun Kushner Trampga yomon maslahatlar berganini aytganda, “Tramp bunga rozi bo‘lgan”.
Mavzuga oid

01:05 / 23.08.2020
Trampning kuyovi arab davlatlarini Isroil bilan munosabatlarni yaxshilashga ko‘ndirmoqchi

10:29 / 12.08.2020
Tramp dunyodagi bosh muammoni ma'lum qildi

07:30 / 11.08.2020
Tramp Oq uy oldidagi otishma sababli matbuot anjumandan olib chiqib ketildi

22:47 / 10.08.2020