Sport | 09:35 / 02.11.2017
15772
1 daqiqa o‘qiladi

Oddiy quvlashmachoq o‘yini sportning professional turiga qanday aylandi?

Quvlashmachoqni haqiqiy sport o‘yiniga aylantirish g‘oyasi britaniyalik Kristian Divoga tegishli bo‘lgan. Erkak o‘z farzandining bo‘sh vaqtini sermazmun o‘tkazish maqsadida, oddiy quvlashmachoq o‘yiniga skameykalar, chiqindi qutilari va narvonlardan iborat bo‘lgan to‘siqlarni qo‘shdi. 

Vaqt bo‘yicha bir necha raundlar o‘tkazilgan: kim tezroq yetib olsa, o‘sha g‘alaba qozongan. G‘oya erkakka shunchalik yoqib qoldiki, u keyinchalik tanish parkurchilarini ham bunga jalb qildi va ular bilan sport quvlashmachog‘ining amaldagi qoidalari ishlab chiqildi.

2016 yilda esa Londonda professional quvlashmachoq bo‘yicha jahondagi birinchi chempionat bo‘lib o‘tdi.

Mavzuga oid