Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya terma jamoasi Sochi-2014 olimpiadasi oltin va kumush medalidan mahrum qilindi
Xalqaro olimpiya qo‘mitasining (XOQ) Denis Osvald rahbarligidagi komissiyasi rossiyalik chang‘ichilar ishi bo‘yicha qarorni e'lon qildi.
Unga ko‘ra, Aleksandr Legkov va Yevgeniy Belov aksildoping qoidalarini buzganlikda aybdor deb topildi. Har ikkala sportchi keyingi Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etishdan mahrum qilindi.
Bundan tashqari, sportchilarning Sochi-2014 olimpiadasidagi barcha natijalari bekor qilindi.
Xususan, Legkovning 50 km poygadagi oltin medali va Rossiya terma jamoasi tarkibida 4x10 km estafeta musobaqasidagi kumush medallari bekor qilindi. Endi bu medallar XOQ tashkilotiga qaytarilishi shart.
Belov Sochi-2014 musobaqasida 15+15 km poygada 18-o‘rinni, 15 km poygada esa 25-o‘rinni egallagan edi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya terma jamoasi Sochi-2014 olimpiadasida 13ta oltin, 11ta kumush va 9ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi bo‘lgan edi.
Ayni paytda, rossiyalik boshqa sportchilarning aksildoping qoidalarini buzganligi to‘g‘risida surishtiruv ishlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
21:24 / 27.05.2025
XOQ rossiyalik sportchilarni 2026 yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlariga kiritmadi
16:55 / 11.04.2025
2028 yilgi Olimpiya o‘yinlarida ayol sportchilar birinchi marta ko‘pchilikni tashkil qiladi
08:42 / 22.03.2025
XOQ rahbari harbiy mojarolar tufayli o‘yinlardan chetlatishga qarshi chiqdi
23:37 / 20.03.2025