Britaniyalik qariya miyasida doimo madhiya yangrayotganidan shikoyat qilmoqda

Foto: Metro
Britaniyaning Bilton shahrida yashovchi 87 yoshli Ron Goldspnik noodatiy kasallikdan aziyat chekmoqda. Qariya miyasida erkaklar xori ijrosida davlat madhiyasini eshitayotganidan arz qilmoqda.
Bu kasallik to‘satdan boshlangan va erkak dastlab madhiya qo‘shnilari uyida yangramoqda, deb o‘ylagan.
“Men ularga shikoyat qilgani chiqqanimda, ular uylarida madhiyani tinglashmaganini aytishgan. O‘shanda muammo ularda emas, menda ekanligini angladim”, deb aytmoqda qariya. Uning aytishicha, madhiya miyasida 4 oy oldin yangray boshlagan.
Britaniyalik uchragan kasallik “musiqiy quloq sindromi” deb ataladi va 65 yoshdan katta 10 ming kishidan bittasida uchraydi. Keksa yoshli kishilarda eshitish qobiliyatining yo‘qotilishi shunday musiqiy gallyutsinatsiyalar bilan kechadi.
Britaniyalikning aytishicha, gohida madhiya miyasida juda baland yangraydi. Qariyani davolayotgan shifokor unga qanday yordam berish mumkinligini bilolmayapti. Ron o‘zi uchun ochgan, gallyutsinatsiyaga qarshi kurashishning yagona yo‘li televizor ovozini balandroq ko‘tarib qo‘yish bo‘lmoqda.
Qariya yaqin orada Biltonga keladigan Britaniya qirolichasi bilan uchrashib, unga madhiyani undan ko‘proq marta eshitganini ma'lum qilmoqchi.
Mavzuga oid

09:22
Britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga jalb qilinadi

10:39 / 20.05.2025
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi

13:15 / 13.05.2025
Londonda olti bolgar Rossiya foydasiga josuslik qilganlik uchun qamaldi

01:39 / 12.05.2025