Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Elektron raqamli imzo «Yagona darcha» markazlari orqali beriladi
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 23 oktabrdagi 864-sonli qaroriga asosan Tadbirkorlik sub'yektlariga «Yagona darcha» tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlari orqali ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari ro‘yxatiga elektron raqamli imzo sertifikatini berish xizmati qo‘shildi.
Adliya vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, endilikda tadbirkorlik sub'yektlariga elektron raqamli imzo sertifikatini berish adliya organlarining «yagona darcha» markazlari orqali amalga oshiriladi. Bu esa avvalambor tadbirkorlarning ortiqcha vaqt va sarf-xarajatlarini tejashga hamda sansolarliklarni bartaraf etishga yordam beradi.
Ushbu elektron raqamli imzodan tadbirkorlar davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda tijorat banklari tomonidan ko‘rsatiladigan barcha turdagi xizmatlaridan foydalanishda qo‘llanadi.
Mavzuga oid
19:29 / 01.05.2023
Sud tizimida «yagona darcha» prinsipi joriy etilmoqda
16:49 / 02.03.2023
O‘zbekiston sud tizimida «yagona darcha» prinsipi joriy etiladi
07:44 / 26.10.2021
Sudga murojaat qilishda «yagona darcha» tartibi joriy etiladi
11:04 / 02.12.2019