Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistonining energetika, sanoat va mineral resurslar vaziri O‘zbekistonga keladi
3 noyabr kuni Saudiya Arabistoni qirolligining Energetika, sanoat va mineral resurslar vaziri Holid al-Falih amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi. Bu haqida Tashqi ishlar vazirligining matbuot xizmatida xabar berildi.
Tashrif dasturida Toshkent shahrida o‘tkaziladigan MDH Elektr energetika Kengashining navbatdagi 51-yig‘ilishida ishtirok etish hamda “O‘zbekenergo” AJ va “O‘zbekneftegaz” milliy xolding kompaniyasi rahbariyatlari bilan ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
Ta'kidlash joizki, 4 noyabr kuni Toshkent shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Elektr energetika Kengashining navbatdagi 51-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
19:00 / 19.05.2025
Saudiya Arabistoni - jozibador sarguzasht va hashamat mujassamlashgan diyor
22:15 / 14.05.2025