Jahon | 00:21 / 04.11.2017
19244
2 daqiqa o‘qiladi

NBC: Manxettendagi teraktdan keyin AQShdagi islom markazlari nomiga tahdidlar bildirilmoqda

Foto: Andrew Kelly / Reuters

Kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan Sayfullo Soipov Manxettenda terakt amalga oshirgandan keyin Nyu-Jyersi shtatidagi ikkita islom markazi o‘z nomiga tahdidlar bildirilgan telefon qo‘ng‘iroqlari olgan.

Jumladan, Passaik shahridagi islom markaziga kamida 8 ta shunday qo‘ng‘iroq kelib tushgan. Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, Soipov muntazam ravishda tashrif buyurib yurgan Paterson shahridagi islom markaziga ham bir qator tahdidlar bildirilgan.

31 oktabrda 29 yoshli Soipov Nyu-Yorkning Manxetten tumanida yuk mashinasida velosipedlarda yurishga mo‘ljallangan yo‘lkaga chiqib, odamlarni bosa boshlagan. Oqibatda 8 kishi, jumladan 5 nafar argentinalik va bir nafar belgiyalik sayyoh hamda 2 nafar amerikalik halok bo‘lgan, 10 dan ko‘proq odam jarohat olgan. Prokuratura Soipovga qarshi IShIDni qo‘llab-quvvatlash va transport vositasini qotillik sodir etish va vayronalar keltirib chiqarishda qo‘llash ayblovlarini qo‘ygan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid