Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand, Jizzax va Farg‘onadagi muxlislar futbolni sevmaydimi? - «Dinamo» bosh murabbiyi jig‘ibiyron bo‘ldi
Oliy ligadan o‘rin olgan «Qizilqum» – «Dinamo» (1:0) uchrashuvidan keyin, mehmonlar ustozi Oleg Tyulkin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Ikkala jamoa uchun ham qiyin o‘yin bo‘ldi. Standart vaziyatdan keyin gol o‘tkazib yubordik.
Ochig‘i, bugungi mag‘lubiyatdan keyin nima qilishini bilmay qoldik. Biz chempionatni yakunlashimiz kerakmi? To‘rt tur qolganda qabul qilingan qaror nafaqat bizni, balki butun mamlakat ishqibozlarini karaxt ahvolga soldi deyish mumkin. Reglament bor, tartib qoida bor....
Reglament bu futbolning konstitutsiyasi. Samarqand, Jizzax, farg‘onalik muxlislar futbolni sevmaydimi...
Keyingi o‘yinimiz »Neftchi«ga qarshi. Ular ham biz kabi holatda. Ammo har qanday vaziyatda ham g‘alaba qozonish uchun harakat qilamiz» - deb Tyulkin so‘zlarini keltirmoqda «Qizilqum» klubi matbuot xizmati.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda qabul qilingan O‘FF qaroriga ko‘ra, kelasi yili Oliy ligada 12ta jamoa ishtirok etadi. Ayni paytda, «Dinamo», «So‘g‘diyona» va «Neftchi» Birinchi ligaga tushib ketish xavfi ostida turibdi.
Mavzuga oid
20:31 / 25.11.2017
Mirko Yyelichich Marat Bikmayevga «Real» qiziqib qolishi mumkinligini aytdi
16:55 / 19.11.2017
Oliy liga. «Lokomotiv» - ikki karra chempion! Kumush medal uchun yil to‘qnashuvida «Nasaf» g‘olib
16:25 / 19.11.2017
«Lokomotiv» - chempion!
19:38 / 16.11.2017