Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Dubay politsiyasi yangi gadjyetini sinovdan o‘tkazdi
Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahri politsiyasi Lamborghini rusumli patrul mashinalari, o‘zi harakatlanadigan robotlar va Android politsiyachilari bilan yaxshi ma'lum. Endilikda, shahar politsiyasi yangi elektron gadjyetini sinovdan o‘tkazdi. Mahkama uchar mototsikllarda shahar osmonini nazorat qilishga qaror qilgan ko‘rinadi.
Scorpion, ya'ni “chayon” deb atalgan qurilma Rossiyaning Hoversurf kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. U 4 ta propeller vositasida havoga ko‘tariladi va parvoz qiladi. U soatiga 70 km tezlikda 25 daqiqa havoda uchishi mumkin Bir o‘rindiqli uchar mototsikl 270 kggacha vaznni ko‘tara oladi va muqobil harakatlanishi ham mumkin.
Uchar mototsikl joriy yil boshlarida txnika ko‘rgazmalarida namoyish etilganidan so‘ng, Dubay politsiyasi "smart city" – aqlli shahar dasturi doirasida qurilmani sinab ko‘rishga va xarid qilishga qaror qildi.
Hoversurf firmasining ijrochi direktori Aleksandr Atamanovning Facebook sahifasida yozishicha, kompaniya Dubay politsiyasi bilan imzolagan anglashuv memorandumiga ko‘ra, ushbu qurilmalarni Dubay hududida ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga taklif etilgan.
Mavzuga oid
00:19 / 28.04.2025
Dubay turistlar uchun yangi talablarni e’lon qildi
14:36 / 25.04.2025
O‘zbekistonliklar BAAda jinoyat sodir etishi ko‘paygani sababli vizasiz rejim bekor qilinishi mumkin
11:03 / 26.03.2025
Dubayda qiyin ahvolda qolgan ayollar O‘zbekistonga qaytarildi
11:18 / 25.02.2025