Video: Toshkentdan yo‘lga chiqqan avtokarvon Xitoyga yetib bordi
30 oktabr kuni Toshkentdan «O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy» yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro avtokarvon yo‘lga chiqqani xabar qilingan edi. «Toshkent – Andijon – O‘sh – Irkishtom – Qoshg‘ar» avtomobil yo‘lagining ochilishi mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish, investitsiyalar, moliya, transport infratuzilmasini rivojlantirish, Markaziy Osiyo bo‘ylab yuk tashish hajmini, tranzit salohiyatini sezilarli oshirishga xizmat qilishi ta'kidlanmoqda.
Yangi avtomobil yo‘li Xitoy shimoli-g‘arbiy hududlarini Qirg‘iziston orqali O‘zbekiston bilan bog‘laydi. Ilk avtokarvon ushbu yo‘l uzra sinov qatnovini amalga oshirdi, deb xabar qilmoqda Sinxua agentligi.
Toshkentdan yo‘lga chiqqan avtokarvon Qirg‘izistonning O‘sh shahri postidan o‘tgach, Qoshg‘ardagi Irkishtom postini kesib o‘tdi, deyiladi lavhada.
9 ta yuk avtomobilidan iborat avtokarvon 950 kilometrlik sayohatni 1 noyabr kuni yakunlagan.
Mavzuga oid
20:32 / 24.09.2024
Qirg‘izistonda Asqar Akayevga sobiq prezident maqomini qaytarish rad etildi
18:49 / 20.09.2024
Qirg‘izistonda korrupsionerlar va ularning qarindoshlariga davlat lavozimida ishlash taqiqlanadi
22:04 / 16.09.2024
Qirg‘izistondan O‘zbekistonga ot uyurini noqonuniy haydab o‘tmoqchi bo‘lganlar ushlandi
19:53 / 16.09.2024