Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh va Kanada qishki vaqtga o‘tdi
AQSh va Kanadada yozgi vaqtdan qishki vaqtga o‘tildi.
5 noyabrga o‘tar kechasi soat millari bir soatga orqaga surildi (mahalliy vaqt bilan 2:00 ko‘rsatayotgan soat ko‘rsatkichlari 1 soat orqaga qaytarildi).
Shu tariqa, Amerikaning sharqiy qirg‘og‘idagi shaharlar va Toshkent o‘rtasida soat farqi 10 soatni tashkil etmoqda.
Qishki vaqtga o‘tish mamlakatning butun hududida majburiy hisoblanmaydi. Jumladan, mamlakatning Arizona shtati, uning tarkibiga kiruvchi Havayi, Puerto-Riko, Virjiniya orollari, Guam, Shimoliy Marian orollari va Amerika Samoasida hamisha yozgi vaqt amal qilinadi.
AQShda birinchi marta yozgi vaqtga o‘tish o‘sha vaqtdagi prezident Vudro Vilson buyrug‘i bilan 1918 yilda joriy qilingan. Biroq bir yil o‘tgach qonun chiqaruvchilar bunga qarshilik qilishgan. 1966 yilga kelibgina, AQShda soat millarini surish haqida tegishli qonun qabul qilingan.
Mavzuga oid
12:35 / 28.05.2025
Tramp: Kanada "Oltin gumbaz" himoyasini 61 mlrd dollarga oladi
18:03 / 27.05.2025
Kanada parlamentining yangi spikeri lavozim kursisiga majburan o‘tqazildi
20:02 / 24.05.2025
G7 sammiti va Trampning bojlari: muzokaralarda aniq natijalar ko‘rinmadi
00:45 / 22.05.2025