Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Yaponiya bosh vaziri Abe bilan golf o‘ynadi (video)
5 noyabrda AQSh prezidenti Donald Tramp rafiqasi Melanya bilan Yaponiyaga yetib keldi. Tramp aynan Yaponiyaga tashrifi bilan Osiyo bo‘ylab turnesini boshladi. Tramp Yaponiyaga kelishi bilan AQShning Yokota bazasidagi harbiylar oldida nutq so‘zladi. U Yaponiyaga samimiy qabul uchun minnatdorlik izhor etdi va “ikki davlat o‘rtasidagi ajoyib do‘stlik o‘nlab yillar davom etishiga” umid bildirdi. Tramp, shuningdek, Yaponiyani “qimmatli hamkor va muhim ittifoqdosh” deb atadi.
Tramp va Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe faqat siyosat bilan shug‘ullanishmadi. Jumladan, ular golf o‘ynashdi. Tramp ushbu o‘yin videosini tvitterdagi sahifasida joylashtirdi.
“Ikki ajoyib inson – bosh vazir Abe va Xideki Matsuyama bilan golf o‘ynayapman”, deb izoh bergan Tramp videoga.
Xideki Matsuyama yaponiyalik professional golfchi bo‘lib, Tramp uni “Yaponiyaning buyuk golfchisi” deb atagan.
Tramp turne davomida shuningdek Janubiy Koreya, Xitoy, Vetnam va Filippinga tashrif buyuradi.
Mavzuga oid
19:23 / 02.10.2023
Yaponiyada Abe o‘limi mojarosiga aloqador diniy firqa tarqatib yuboriladi
14:06 / 12.07.2022
Aziz Abduhakimov Sindzo Abe xotirasiga hurmat bajo keltirdi
12:37 / 12.07.2022
Abening o‘ldirilishi: gumonlanuvchi nima deydi va cherkovning bunga qanday aloqasi bor?
16:05 / 09.07.2022