Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonning BMT XKdagi raisligining boshlanishiga bag‘ishlangan marosimni Nazarboyev ochib beradi
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev 2018 yilning yanvarida respublikaning BMT Xavfsizlik Kengashidagi raisligining boshlanishiga bag‘ishlangan marosimda ishtirok etadi. Bu haqida dushanba kuni Qozog‘iston parlamenti Senati raisi Qosim-Jo‘mart Tokayev BMT bosh kotibining maxsus vakili Natalya German bilan uchrashuv davomida ma'lum qildi.
Senat matbuot xizmatida xabar berilishicha, Tokayev mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash, Markaziy Osiyoda iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish Qozog‘istonning BMT XKdagi faoliyatida ustuvor vazifa ekanini ta'kidlagan.
"2018 yilning yanvarida bo‘lishi rejalashtirilayotgan yuqori darajali debatlar Afg‘onistondagi vaziyatni tartibga solish yo‘llarini izlashga bag‘ishlanadi. Qozog‘istonning BMT Xavfsizlik kengashidagi raisligiga kirishish marosimini davlat rahbari, prezident Nursulton Nazarboyev ochib beradi", - deyiladi matbuot xizmatining xabarida.
Tokayevning so‘zlariga ko‘ra, Ostona o‘zini global xavfsizlikka ta'sir ko‘rsatuvchi uchrashuv va muzokaralar o‘tkaziluvchi avtoritar xalqaro maydon sifatida namoyon etgan, Suriyaga doir muzokaralar samaradorligi bunga yaqqol misoldir.
Idorada ta'kidlanishicha, German buning uchun Qozog‘istonga minnatdorchilik bildirgan hamda Ostonaning mintaqaviy va global hamkorlikni mustahkamlashga yo‘naltirilgan xalqaro tashabbuslarini yuqorini baholagan.
Mavzuga oid
12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi
18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
21:03 / 27.02.2025
Qozog‘iston benzin va dizel yonilg‘isi eksportiga qo‘yilgan taqiqni uzaytiradi
17:32 / 25.02.2025