Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: 2018 yilgi Olimpiadada Rossiya madhiyasi taqiqlanishi mumkin
Rossiya terma jamoasi 2018 yilgi qishki Olimpiadaga qo‘yilishi mumkin, biroq Pxenchxanda o‘tadigan o‘yinlar ochilishida u ishtirok etmasligi va Rossiya madhiyasi ijro etilishi taqiqlanishi mumkin.
New York Times nashrining o‘z manbalariga iqtibos keltirgan holda ma'lum qilishicha, rossiyaliklarning Olimpiadada bunday variantda ishtirok etishi ehtimoli Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi tomondan muhokama qilinmoqda.
Bu masala bo‘yicha yakuniy qaror XOQning dekabr boshida o‘tadigan ijroiya qo‘mitasida qabul qilinishi mumkin.
Avvalroq Rossiya terma jamoasiga neytral bayroq ostida ishtirok etish taklif qilingandi. Biroq Rossiya Olimpiya qo‘mitasi rahbari Aleksandr Jukov agar Rossiya terma jamoasi o‘yinlardan chetlatilsa, neytral bayroq ostida ishtirok etmasligini aytgan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin esa mamlakatning o‘yinlarda ishtirok etishi taqiqlanishi va neytral bayroq ostida ishtirok etishi “mamlakat uchun isnod” bo‘lishini aytgandi.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025