Sport | 17:25 / 08.11.2017
20550
2 daqiqa o‘qiladi

«Neftchi» 25 yillik tarixidagi eng yomon natijani qayd etdi

Oliy liganing 28-turidan o‘rin olgan dastlabki uchrashuvda «Dinamo» «Neftchi»ni qabul qildi va muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Uchrashuvga hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda Adnan Oraxovats tomonidan kiritilgan gol samarqandliklarga uch ochko keltirdi. Shu tariqa, «Neftchi» 25 yillik O‘zbekiston chempionati tarixida ilk marta kelgusi mavsumni birinchi ligada boshlashi aniq bo‘ldi. «Dinamo» esa ligada qolish uchun o‘z imkoniyatlarini biroz bo‘lsada yaxshilab oldi. 

Ushbu g‘alabadan keyin samarqandliklar hisobidagi ochkolar soni 32taga yetdi va ular «Qizilqum»dan bitta o‘yin ko‘p o‘tkazgan holda bir ochko ortda qolib, 12-o‘rinda bormoqda. «Neftchi» esa 24 ochko bilan 14-pog‘onada qoldi.

Oliy liga, 28-tur

«Dinamo» – «Neftchi» 1:0 (0:0)
Gol: 
Adnan Oraxovats (90+3).
«Dinamo»: Mixail Naumov, Mirkomil Lokayev, Akmal Bozorov, Abdumalik Abdullayev, Aleksey Nikolayev, Saidjamol Davlatjonov (Orifjon Mamajonov, 74), Adnan Oraxovats, Farhod Tojiyev (Iskandar Xolmirzayev, 67), Muhammad Isayev (Sardor Sulaymonov, 64), Doniyor Ismoilov, Radu Rogak.
«Neftchi»: Abdumavlon Abdujalilov, Sherzod Hakimov, Muzaffar Muzaffarov, Dilyorbek Irmatov, Muhsin Ubaydullayev, Abdujamol Isroilov, Xamidullo Abduhamidov (Jasur Hasanov,  46), Abror Ismoilov, Islom Karimov (Ibrohim Rahimov, 88), Boburbek Yo‘ldoshev, Avazbek O‘lmasaliyev.

Mavzuga oid