Avtoekspert: Avtomobillar davri poyoniga yetmoqda
Amerikaning General Motors kompaniyasining sobiq vitse-prezidenti Robert Lutts avtomobillar davri haqida keskin fikrini ilgari surmoqda. Avtomobil ishlab chiqarish sohasida 47 yil ishlagan mutaxassis bu davr poyoniga yetib borayotgani haqida so‘z yuritdi. Uning fikricha, yana 20 yildan keyin hamma «haydovchisiz modullar»da harakatlanadi, deb yozadi Futurism.
2010 yilda iste'foga chiqqan 85 yoshli Rob Lutts nima haqida so‘z yuritayotganini juda yaxshi tushunadi. Unga ko‘ra, 120 yil insoniyatga xizmat qilgan avtomobil 20-asr boshlarida ot bilan bo‘lgani kabi ommaviy foydalanishdan chiqib ketadi.
«Avtomobil sanoati tezlashayotgan egri o‘zgarish ostonasida turibdi, — deydi u. — Kelajakda sayohat standartlashgan muqobil modullarda bo‘ladi».
Lutts muqobil transport vositasiga 15-20 yil oralig‘ida o‘tiilishini kutmoqda. Avtomobillarning 20-30 foizi robotlashganidan so‘ng, hal qiluvchi pallalar boshlanadi. Jamiyat muqobil mashinalar xavfsizligiga ishonch hosil qilganidan keyin ularni ishlab chiqarish tezlashadi, boshqariluvchi avtomobillar taqiqlanadi.
Shuningdek, Luttsning fikricha, avtoishlab chiqaruvchilar o‘z modellarini brendlashtirmaydi va «avtomobil markasi» degan tushuncha iste'moldan chiqib ketadi. Muqobil harakatlanuvchi transport vositalarida ulardan foydalanayotgan kompaniyalarning logotiplari, masalan, Uber, Lyft, FedEx, UPS, Amazon va shu kabilar bo‘ladi, xolos. Avtomobil ishlab chiqaruvchilar yana 10 yil raqobatga dosh berishi mumkin, ammo 20 yildan keyin muqobil mashinalarga o‘tish davri to‘liq yakunlanadi.
RAND tadqiqot markaziga ko‘ra, haydovchidan 10 foizgacha xavfsizroq bo‘ladigan robomobillar yiliga 3 ming kishining umrini saqlab qolishi mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid
18:59 / 10.05.2024
General Motors Malibu ishlab chiqarishni to‘xtatadi
17:13 / 07.02.2022
General Motors avtokonserni Spark ishlab chiqarishni to‘xtatadi
18:15 / 18.11.2021
Jo Bayden yangi elektron Hummer'ni haydab ko‘rdi (video)
11:50 / 05.11.2021