Sport | 19:10 / 09.11.2017
9842
2 daqiqa o‘qiladi

Oliy liga. «Nasaf» va «Paxtakor» navbatdagi g‘alabalarni qo‘lga kiritib, medallar uchun kurashni davom ettiradi

Foto: Tribuna.uz

Oliy liganing 28-turida «Nasaf» va «Paxtakor» klublari navbatdagi g‘alabalarni qo‘lga kiritdi.

Qarshi klubi o‘z maydonida «Sho‘rtan»ni yirik hisobda taslim etdi. Gollar Shahboz Erkinov (2ta) va Dragan Cheran hisobiga yozildi.

«Paxtakor» Toshkentda «Olmaliq»ni qabul qilib, Marko Simich va Igor Sergeyev gollari hisobiga ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Bu natijalardan so‘ng, «Nasaf» 59 ochko bilan ikkinchi, «Paxtakor» 56 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda. Navbatdagi turda bu jamoalar Qarshi shahrida o‘zaro bahs yuritishadi. 

«Olmaliq» 38 ochko bilan to‘qqizinchi, «Sho‘rtan» esa 23 ochko bilan o‘n beshinchi o‘rinni egallab turibdi.

Oliy liga, 28-tur
9 noyabr

Nasaf (Qarshi) – Sho‘rtan (G‘uzor) - 3:0 
Gollar: Shahboz Erkinov (3 pen, 65), Dragan Cheran (63)

Paxtakor (Toshkent) – Olmaliq (Olmaliq) - 2:0
Gollar: Marko Simich (28), Igor Sergeyev (66)

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid