Fan-texnika | 07:52 / 09.11.2017
21880
2 daqiqa o‘qiladi

Samsung Galaxy S9’ning ommaviy ishlab chiqarilishi sanasi ma'lum bo‘ldi

Janubiy Koreya OAVlari yozda Samsung Display yangi Galaxy S9 smartfonlari uchun mo‘ljallangan OLED-ekranlarni noyabrda, ya'ni odatdagidan 2 oy oldin yetkazib berishni boshlashi ma'lum qilingandi. Shu ma'lumotlarga asoslanib, Samsung’ning yangi flagman smartfonlari 2018 yilning mart-aprel oylaridan oldin chiqishi haqida gaplar paydo bo‘la boshlagandi.

Yaqinda esa ishonchli manba S9 va S9+ smartfonlari keyingi oydayoq ommaviy ravishda ishlab chiqarila boshlashini ma'lum qildi. Agar yangi smartfonlarning ekranlari avvalgidek qolsa, unda Samsung’ga qurilmalarning ichini, jumladan kamerani modernizatsiya qilishgina qoladi. Manbaning ma'lum qilishicha, Galaxy S9’ning orqa qismi sezilarli o‘zgaradi, bu esa ikkita yonma-yon kameraning paydo bo‘lishi va ehtimol, barmoq izlari skanerining yana old panelga ko‘chishini anglatadi.

Insayderlarning ta'kidlashlaricha, Samsung kompaniyasi iPhone X’ga raqobat tashkil qilish uchun Galaxy S9’ning bozorga chiqishini tezlashtirmoqchi. Shu bilan birga, Galaxy S9 va S9+ ekranlarida barmoq izlari skaneri bo‘lmaydi va ehtimol, u uchun ekran ostida alohida joy bo‘ladi. Shuningdek, qurilma iPhone X’dagi kabi Face ID yuzni tanish tizimi bilan jihozlanishi ham mumkin.

Mavzuga oid