Turkiya muxolifati bosh vazir Yildirimni iste'foga ketishga chaqirdi
Turkiyaning muxolif Xalq-respublika partiyasi raisi o‘rinbosari Bulent Tezjan mamlakat bosh vaziri Binali Yildirimni o‘g‘illari Jurnalistik tergovlar xalqaro konsorsiumi (ICIJ)ning ofshor kompaniyalar faoliyati haqidagi hujjatlarida tilga olingani sababli iste'foga ketishga chaqirdi.
ICIJ bir qator xalqaro OAV bilan 5 noyabrda dunyodagi ofshor kompaniyalarning faoliyati haqida maqolalar chop etdi. Ularda 120 nafar siyosatchi, jumladan Kanada bosh vaziri, AQSh prezidenti ma'muriyati, qirolicha Yelizaveta II saroyi vakillari va Apple hamda Uber kompaniyalari tilga olingan.
Jumladan, hujjatlarda Yildirimning ofshor xoldinglar bilan aloqasi bo‘lgan o‘g‘illari haqida ham ma'lumotlar bor. ICIJ hujjatlariga ko‘ra, Erkan va Bulent Yildirim Maltada ro‘yxatga olingan ikkita kemasozlik kompaniyasining yagona aksionerlari hisoblanar ekanlar.
“Qora ro‘yxatda bosh vazirning o‘g‘illari Maltada kompaniyalarga egaliklari aniqlandi. 2003 yildan Adolat va taraqqiyot partiyasi hokimiyati vaqtida to‘lov balansi defitsiti 17 mlrd dollardan 527,8 mlrd dollargacha oshgan. Bu esa partiya hokimiyati vaqtida Turkiyada pullarga jiddiy ehtiyoj mavjudligini ko‘rsatadi. Bu holatda shunday muammolarga ega bo‘lgan bosh vazir qiladigan yagona ish – iste'foga ketishdir”, deb aytgan muxolifat vakili Tezjan jurnalistlarga.
O‘z navbatida Yildirim o‘g‘illari nomiga bildirilgan barcha ayblovlarni rad etgan va ularning biznesida hech qanday maxfiy narsa yo‘qligini aytgan.
“Men butun umrim kemasozlik sohasida ishlaganman va siyosat bilan shug‘ullana boshlaganimdan keyin o‘z biznesimni farzandlarimga topshirganman. Ta'kidlanishicha, ular soliq to‘lovlaridan bo‘yin tovlayotgan emishlar, vaholanki farzandlarim kompaniyalari Turkiyada eng ko‘p soliq to‘lovchi kompaniyalar orasida bor. Bunday ayblovlar o‘g‘illarimni sindirish uchun birinchi marta qo‘yilayotgani yo‘q. Menda daxlsizlik bor, biroq farzandlarimda u yo‘q va agar tekshiruv o‘tkazish kerak bo‘lsa – xoh, moliyaviy, xoh yuridik bo‘lsin, uni bemalol o‘tkazaverishsin. Bunday balandparvoz ayblovlarga esa yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi”, deb aytgan Yildirim jurnalistlarga.
Mavzuga oid
00:32 / 04.12.2022
Turkiyaning birinchi uchuvchisiz qiruvchi samolyoti sinov parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirdi
00:54 / 03.12.2022
Turkiyalik sharhlovchi JCh-2022 o‘yini tanaffusida efirdan chetlatildi
11:10 / 28.11.2022
O‘zbekiston va Turkiya yirik logistika infratuzilma loyihalarini birgalikda amalga oshirmoqchi
17:10 / 25.11.2022