Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Iroqda 400 jasaddan iborat ommaviy qabr topildi
Iroq shimolida IShID jangarilari tomondan o‘ldirilgan 400 ga yaqin kishining jasadlaridan iborat ommaviy qabr topildi. Bu haqda Iroq huquq-tartibot idoralaridagi manbalarga iqtibos keltirgan holda Al Baghdadia News yangiliklar portali xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, qabr Kirkuk yaqinidagi Al-Huvayja shahridagi avval amerikaliklar tomondan ishlatilgan, so‘ngra jangarilar tomondan bosib olingan harbiy baza hududida topilgan.
21 sentabrda Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy jangarilarning Al-Huvayja yaqinidagi pozitsiyalariga katta ko‘lamli hujum boshlanishini e'lon qilgan. Operatsiya boshlangunga qadar ushbu shahar va uning atrofidagi hududlar 1-2 ming jangari tomondan ushlab turilgan. 11 oktabrda esa shahar jangarilardan to‘liq ozod qilingani e'lon qilingan.
Oktyabr davomida shahar yaqinida jangarilar tomondan o‘ldirilgan o‘nlab askarlar va politsiyachilarning jasadlari ko‘milgan uchta qabr topilgan.
Mavzuga oid
19:09 / 15.04.2025
Iroqda kuchli qum bo‘ronlari kuzatilmoqda. Mamlakatda aviaqatnovlar to‘xtatildi
21:21 / 14.03.2025
Iroqda IShIDning «eng xavfli jangarisi» o‘ldirildi
17:24 / 03.02.2025
Shvetsiya Qur’onni yoqib yuborgan Momika o‘limida gumon qilinganlarni ozod etdi
17:34 / 31.01.2025