Jahon | 18:28 / 11.11.2017
8917
1 daqiqa o‘qiladi

Sitsiliyada mafiya a'zolarini «ovlash» davom etmoqda - 20 dan ortiq shaxs ushlandi

Foto: ANSA

Italiyaning Sitsiliya orolida huquqni muhofaza qilish organlari va kuchishlatar tuzilmalar xodimlari tomonidan Santapaola-Ercolano mafiya klanining 24 a'zosi qo‘lga olindi. Bu haqda ANSA agentligi xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, klan a'zolari Kataniya shahri hududida «faoliyat» olib borishgan.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, qo‘lga olinganlardan biri, aftidan, klan rahbari bo‘lgan 51 yoshli Antonio Tomazelloning o‘ng qo‘li sanaladi.

Shuningdek xabar qilinishicha, tergov organlari xodimlari guruhning hibsda bo‘lgan yetti nafar a'zosiga nisbatan ayblovlar qo‘yishdi.

Qo‘lga olinganlar esa qurolni noqonuniy saqlash, mahalliy tadbirkorlarga tahdid qilish va reketda ayblanmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid