Fan-texnika | 08:20 / 12.11.2017
15001
2 daqiqa o‘qiladi

Dubayda dunyodagi eng tezkor superkar yaratish ustida ish olib borilmoqda

Foto: Devel Sixteen

Ko‘plab avtomobilsozlik kompaniyalari ekologik va arzon elektrotransport yaratish bilan shug‘ullanayotgan bir vaqtda, Dubaydagi Devel Sixteen kompaniyasi boshqa yo‘ldan borishga qaror qildi. Ushbu startapning maqsadi o‘zgacha: u dunyoda eng tez yuruvchi va eng kuchli avtomobilni ishlab chiqarmoqchi.  

Startap ustida 4 yildan beri ish olib borilmoqda. Bu superkar soatiga 500 km tezlikka erisha oladi, uning kuchi esa 5000 ot kuchini tashkil qiladi. Startap o‘zining bu avtomobili prototipini bir necha kundan keyin Dubay avtosalonida taqdim qiladi.

Mashina uchun 12,3 litrlik maxsus dvigatel prototipi ikki yil avval yaratib bo‘lingan va sinab ko‘rilgan. Bu dvigatel AQShning Steve Morris Engines kompaniyasi tomondan loyihalangan. Bundan tashqari, Devel Sixteen superkarni yaratishda superkarlar yaratishda katta tajribaga ega bo‘lgan Manifattura Automobili Torino italyan kompaniyasini jalb qilgan.

Mashinaning sotuvga chiqarilishi va uning narxi borasidagi ma'lumotlar oshkor qilinmayapti. Balki superkar yaratuvchilari bu ma'lumotni avtosalon uchun sir saqlayotgan bo‘lishlari mumkin.

Mavzuga oid