Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda qayiq to‘ntarilishi oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi
Hindiston janubi-sharqidagi Andxra-Pradesh shtatidagi Krishna daryosida odamlar bilan haddan ortiq yuklangan qayiqning to‘ntarilishi oqibatida kamida 13 kishi halok bo‘ldi, 10 kishi bedarak yo‘qolgan hisoblanmoqda, deb xabar bermoqda New Indian Express nashri.
Nashr manbalarining ma'lum qilishicha, baxtsiz hodisa Vijayavada aholi punkti yaqinida yuz bergan. Tabiiy fojialarga javob berish milliy kuchlari ma'lumotlariga ko‘ra, 20 kishiga mo‘ljallangan qayiqda 40 ga yaqin kishi bo‘lgan.
Dastlabki taxminlarga ko‘ra, qayiq suv o‘ramasiga tushib, to‘ntarilib ketgan. Voqea joyida qutqaruv operatsiyasi o‘tkazilgan. Suvdan 15 kishini chiqarib olishga muvaffaq bo‘lingan.
Mavzuga oid
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi
21:32 / 21.05.2025