Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Telman Ismailovning Turkiyadagi mehmonxonasi talon-taroj qilinmoqda
Moskvadagi Cherkizov bozorining sobiq egasi Telman Ismailovga tegishli bo‘lgan Turkiyaning Antaliya shahridagi Mardan Palace mehmonxonasi talon-taroj qilinmoqda. Turkiyaning Milliyet nashri yozishicha, mehmonxona hududidan tilla suv yugurtirilgan to‘siq va panjaralar o‘g‘irlab ketilgan.
Nashrning ta'kidlashicha, “lyuks” toifasidagi mehmonxona avgustdan beri mehmonlarni qabul qilmay qo‘ygan, so‘ngra qarzi sababli elektr va suv tarmog‘idan uzib qo‘yilgan va natijada signalizatsiyasiz qolgan. Mehmonxonaning deyarli barcha xodimlari ketib qolishgan. Faqatgina bir necha qo‘riqchilar o‘z joylarida qolganlar.
Ta'kidlanishicha, signalizatsiya ishlamasligi tufayli mehmonxonaga o‘g‘rilar kirib, uni talon-taroj qilishni boshlashgan.
Mardan Palace 2009 yilda qurilgan. OAV ma'lumotlariga ko‘ra, mehmonxona qurilishiga 1,4 mlrd dollar sarflangan. 2015 yil 2 noyabrda mehmonxona qurilishining yirik kreditori bo‘lgan Turkiyaning Halk Bankası banki tomondan 123 mln dollarga sotib olingan.
61 yoshli Telman Ismailov 2000-yillar boshida tanilgan AST Group kompaniyalar guruhi egasi bo‘lgan. 2015 yilda Ismailov sudga bankrotlik haqida ariza topshirgan va uzoq vaqtdan beri xorijda qolmoqda.
11 noyabrda Moskvaning Basman tuman sudi 30 oktabrda Ismailovni ikki qotillikni tashkillashtirish ayblovi bilan sirtdan hibsga olish hukmini chiqargani ma'lum qilindi.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025