Turkiya bosh vaziri AQSh siyosatini tanqid qildi
AQShning Yaqin Sharqdagi siyosati mintaqada tinchlik va barqarorlik o‘rnatilishiga yordam bermaydi. Turkiya bosh vaziri Binoli Yildirim shunday bayonot bilan chiqdi.
Qo‘shma Shtatlar Turkiyada taqiqlangan Kurdiston ishchilar partiyasi bilan bog‘lanuvchi Suriya kurdlariga harbiy ko‘mak bermoqda. Bu esa Vashington va Anqara o‘rtasidagi munosabatlarning taranglashuviga sabab bo‘lmoqda.
"Mark-lenincha yo‘nalishdagi bu kurd guruhlarining barchasi Turkiya milliy xavfsizligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid soladi. Biroq AQSh IShID terrorchilariga qarshi kurashda aynan ular bilan hamkorlik qiladi. Vashingtonning hozirgi siyosati mintaqada tinchlik va barqarorlik o‘rnatish uchun xizmat qiladi, deb o‘ylamayman", - dedi Yildirim AQShga tashrifi bo‘yicha CNN telekanaliga bergan intervyusida.
U shuningdek AQShning Eronga nisbatan siyosatini ham tanqid qildi. "AQShning Donald Tramp boshchiligidagi yangi hukumati yadroviy dastur bo‘yicha shartnomani bekor qilishga harakat qilib, Eronga qarshi chiqishga moyillik bildirmoqda. Vashington yuridik jihatdan buning uddasidan chiqadi, deb o‘ylamayman, zero gap ko‘p tomonlama kelishuv haqida bormoqda", - dedi Turkiya bosh vaziri. Bundan tashqari, Yildirim Yevropa davlatlari Trampning Eronga nisbatan pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlamasliklarini ta'kidladi.
Mavzuga oid
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
21:25 / 22.11.2024
Rossiya ortidan AQSh ham yadro strategiyasini o‘zgartirdi
13:52 / 22.11.2024
AQSh O‘simliklar karantini agentligiga 205 ming dollarlik uskunalar topshirdi
21:00 / 21.11.2024