Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bill Geyts Altsgeymer kasalligi bilan kurashishga 100 mln dollar xayriya qiladi
Microsoft kompaniyasi asoschisi Bill Geyts Altsgeymer kasalligi va bosh miya faoliyati buzilishining qolgan shakllari bilan kurashishga umumiy hisobda 100 mln dollar xayriya qiladi. Bu haqda milliarder Reuters axborot agentligiga bergan intervyusida ma'lum qildi.
Geyts shu maqsadda Londonda joylashgan Dementia Discovery Fund jamg‘armasiga 50 mln dollar ajratadi. Bu jamg‘arma doirasida Britaniya hukumati va Altsgeymer kasalligini davolashning yangi usullarini qidirish bilan shug‘ullanuvchi 7 ta xalqaro farmatsevtik kompaniya hamkorlik qilmoqda. Yana shuncha miqdordagi mablag‘ bu kasallikni tadqiq qiluvchi startaplarga ajratiladi. “Umid qilamanki, 10 yildan keyin bu kasallikka qarshi ba'zi dorilar paydo bo‘lishi mumkin, biroq bu yuz bermasligi ham mumkin”, deb aytgan Geyts va ushbu kasallikni “katta ko‘lamli va avj olayotgan” muammo deb atagan.
“Men ushbu kasallik siz yaxshi ko‘rgan insonlarni aqliy qobiliyatlardan mahrum qilayotgan vaqtda ular ortidan kuzatish qanchalik og‘riqli ekanligini bilaman. Bu go‘yoki siz bilgan odamning sekin-asta o‘lib brayotganini o‘zingiz his qilayotgandek bo‘ladi”, deb ta'kidlab o‘tdi milliarder va uning oilasidagi ba'zi erkaklar bu kasallikdan o‘z vaqtida aziyat chekishganini qo‘shimcha qilgan.
Altsgeymer kasalligi bosh miya hujayralarining nobud bo‘lishi sababli og‘ir ruhiy buzilishlarga olib keladi. Bu kasallik ko‘pincha 65 yoshdan katta bo‘lganlarda uchraydi. Ushbu kasallik tashxisi qo‘yilgan odam yoshiga bog‘liq holda o‘rtacha yana 7-10 yil umr ko‘rishi mumkin.
Mavzuga oid
22:17 / 08.05.2025
Bill Geyts milliarder Ilon Maskni qashshoq bolalar o‘limida aybladi
20:18 / 08.05.2025
Bill Geyts 20 yil ichida deyarli barcha boyligini xayriyaga yo‘naltirishiga va’da berdi
18:39 / 16.04.2025
Bill Geyts sun’iy intellekt ba’zi kasb egalarini ishsiz qoldirishini bashorat qildi
23:19 / 01.03.2025