Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erondagi zilzila qurbonlari soni 400 kishidan oshdi
Eron—Iroq chegarasida yuz bergan zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 370 kishidan oshdi.
Press TV telekanali xabariga ko‘ra, ayni vaqtga kelib qurbonlar soni 407 nafarni tashkil qilmoqda. Shuningdek, zilzila oqibatida 6,7 mingdan ziyod kishi jabrlangan.
Oxirgi xabarlarda qurbonlar soni 372 nafarga yetgani, 2,5 ming kishi jarohatlangani aytilgandi.
Eronning Kirmonshoh viloyatida uch kunlik motam e'lon qilingan.
Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Ichki ishlar vazirligiga zarar ko‘rgan hududlar aholisini barcha zarur narsalar bilan ta'minlash haqida ko‘rsatma bergan. Shuningdek, u tabiiy ofat oqibatlarini muhokama qilish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazgan.
Zilzila 12 noyabr kuni kechqurun Bag‘doddan 204 kilometr shimoli-sharqda, Eronning Kirmonshoh shahridan esa 104 kilometr g‘arbda yuz berdi. Yerosti silkinishlari o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda bo‘lgan. Zilzila magnitudasi episentrda 7,3 ballni tashkil etgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
20:49 / 15.05.2025