Jamiyat | 19:30 / 13.11.2017
10091
2 daqiqa o‘qiladi

Yuridik xizmatlardagi ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni olish onlayn bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorining 7-bandida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga vazirlikning rasmiy saytida joylashtiriladigan, davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlaridagi bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi yagona, hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan ma'lumotlar bazasini yaratish hamda uning muntazam ravishda yangilanib turilishini ta'minlash vazifasi topshirilgan.

Adliya vazirligining «Feysbukda»gi sahifasida e'lon qilinishicha, mazkur davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari to‘g‘risidagi yagona ma'lumotlar elektron bazasi dasturining o‘z vaqtida, sifatli hamda bepul bajarilishida «QWERTY» korxonasi dasturchilari tomonidan vazirlikka katta amaliy yordam ko‘rsatildi.

Mazkur dasturda davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlarida faoliyat yuritayotgan 3040 xodimlar to‘g‘risida shaxsiy ma'lumotlar, ularning attestatsiyadan o‘tganligi va malaka oshirganligi hamda martaba darajalariga ega ekani hamda vakant joylar to‘g‘risidagi ma'lumotlar ko‘rsatib o‘tilgan.

Bugungi kunda, mazkur ma'lumotlar bazasi Adliya vazirligining rasmiy sayti (minjust.uz/uz/interactive/vakancy/)da hamda www.jurist.wintech.uz saytida joylashtirilgan bo‘lib undan hamma erkin foydalanishi mumkin.

Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlaridagi bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi yagona va barcha uchun erkin foydalanish imkoni bo‘lgan ma'lumotlar bazasini yaratishda qo‘shgan hissasi uchun «QWERTY» korxonasining direktori Dmitriy Sergeyevich Ponomaryov O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining «Faxriy yorlig‘i» bilan taqdirlandi.

Mavzuga oid