Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eng arzon kvartiralar qayerda? Rossiya va Markaziy Osiyo poytaxtlari infografikada
CA-News.org portali Markaziy Osiyo davlatlari poytaxtlaridagi turar joy ko‘chmas mulki narx-navosi haqidagi ma'lumotlarni to‘plab, uni Rossiya poytaxtidagisi bilan solishtirgan — material uchun Moskva hamda Qozog‘iston (Astana), Qirg‘iziston (Bishkek), Turkmaniston (Ashxobod), Tojikiston (Dushanbe) va O‘zbekiston (Toshkent) poytaxtlaridagi o‘rtacha narxlardan foydalanilgan.
Hududlardagi 1 kvadrat metr turar-joy maydoni narx-navosi o‘rganilishi quyidagicha grafik yasash imkonini bergan:
Oddiy (elitali bo‘lmagan uylardagi) ikki xonali, o‘rtacha ta'mirga ega bo‘lgan kvartira uchun o‘rtacha narx shaharlarda quyidagicha:

CA-News.org’ga ko‘ra Almati va Astanada eng qimmat ikki xonali kvartiralar narxi ko‘p ham farq qilmaydi. Jumladan, ko‘chmas mulk oldi-sotdisiga mo‘ljallangan «Krisha» e'lonlar saytiga ko‘ra, Qozog‘istonning yangi va eski poytaxtlarida eng qimmat kvartiralar 120 mln. tanga yoki 383 ming AQSh dollariga teng (gap elitali turar joylar haqida bormayapti).
Dushanbeda eng qimmat kvartira narxi 355 ming dollar, binobarin, Almati va Astanadagi narxlardan u qadar farq qilmaydi.
Bishkekda eng qimmat ikki xonali uyni 120 ming dollarga, Toshkentda esa 100 ming dollarga xarid qilish mumkin.
Mutaxassislarning qayd etishlaricha, 2017 yilda ko‘chmas mulk bozori navbatdagi tanazzulga duchor bo‘lgan. Bu holatda narxi haddan ziyod oshirib yuborilgan kvartiralarning narxi pastlashda davom etmoqda, boshqa obektlar esa bozor narxini saqlab turibdi.
Mavzuga oid
13:31 / 28.05.2025
Markaziy Osiyo ekspertlari mintaqaning 2050 yilgacha bo‘lgan rivojlanish ssenariylari ustida ishlamoqda
16:42 / 24.05.2025
O‘zbekistonda "Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi" iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tadi
15:03 / 01.05.2025
Samarqandda o‘tkazilishi rejalashtirilgan «Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz davlatlari» sammiti qoldirildi
21:41 / 25.04.2025