Jahon | 01:56 / 14.11.2017
95352
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda yana bir styuardessa samolyotdan tushib ketdi (video)

Foto: news.ifeng.com

Xitoyning Chjenchjou xalqaro aeroportida Xitoyning Xiamen Air aviakompaniyasi styuardessasi samolyotdan tushib ketdi. The Daily Mail nashri bu ko‘ngilsiz holatning videosini namoyish qildi.

Styuardessa yo‘lovchilar uchun mo‘ljallangan taomlar solingan konteynerlarni qabul qilayotganda samolyotning fyuzelyaji va trap o‘rtasida hosil bo‘lgan bo‘shliqqa tushib ketgan. Ayol sanoqli soniyalar osilib turgan, biroq oxir-oqibat yerga qulagan. 

Styuardessa 3 metrlik balandlikdan tushib ketishi oqibatida umurtqasidan sinish jarohati olgan hamda shoshilinch tarzda operatsiya qilingan. 

24 oktabrda ham Shenchjen shahrida shunga o‘xshash voqea yuz bergan:  China Eastern Airlines aviakompaniyasi styuardessasi samolyot eshigini yopish vaqtida undan tushib ketgan. Qiz bir necha joyidan sinish jarohatlari olgan. Aniqlanishicha, eshiklar texnika xavfsizligiga rioya qilinmagan holda yopilgan: styuardessa eshikni bir o‘zi yopmoqchi bo‘lgan, vaholanki qoidaga ko‘ra buni ikki kishi qilishi kerak bo‘lgan.

Mavzuga oid