Light | 01:13 / 14.11.2017
22092
4 daqiqa o‘qiladi

Ishni o‘zgartirish yo‘lida to‘siq bo‘luvchi qo‘rquvni qanday yengish mumkin?

Foto: Fotolia

Ishingizni o‘zgartirish haqidagi o‘y-fikrlar sizni cho‘chitib, o‘z kuchingizga bo‘lgan ishonchsizlikdan aziyat chekishga majbur qilsa, tashvishlanmang. Agar haqiqatda oldinga qarab harakatlanishni va tanlagan sohangizda muvaffaqiyatga erishishni istasangiz, bu qo‘rquvni yengib o‘tish mumkin. TheMuse bu boradagi tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi.

Olimlar miya ish o‘zgartirishni hayotga tahdid soluvchi voqea sifatida qabul qiladi, deb hisoblashadi. Xolms va Raening u yoki bu hodisa sabab stress darajasini o‘lchovchi  jadvaliga muvofiq, ish o‘zgartirish hayotdagi eng og‘ir 20 vaziyat ro‘yxatidan o‘rin olgan.

Bu qo‘rquv to‘liq asosga ega. Birinchidan, faoliyatni o‘zgartirish o‘ziga ko‘plab yangi va notanish hodisalarni jalb etadi, ayniqsa sohangizni butkul o‘zgartirishga qaror qilgan bo‘lsangiz. Ikkinchidan, bu ko‘p vaqt va kuchingizni oladi. Uchinchidan, bu moliyaviy tavakkal, zero yangi ishda hammasi muvaffaqiyatli bo‘lishini oldindan bilib bo‘lmaydi.

Foto: Fotolia

Aslida biz nima uchun ishimizni o‘zgartirishga hojat yo‘qligiga qator sabablarni o‘ylab topishga moyilmiz. Biz o‘z nufuzimiz yoki sharafimizni yo‘qotishdan qo‘rqamiz, yaqinlarimiz va hatto mutlaqo begona odamlarning ta'na-dashnomlaridan cho‘chiymiz.

Qo‘rquv - bu o‘zingizni muvaffaqiyatsizliklardan himoyalashga bo‘lgan urinish ekanini anglab yetishingiz bilan, uni yengib o‘tishga muvaffaq bo‘lasiz.

Karerani o‘zgartirish — bu sizning muvaffaqiyat va maqsadlarga erishish yo‘lining bir qismi. Agar avvalgi ishingiz sizni qoniqtirganida edi, yangi ish izlash va o‘zingizni yangi yo‘nalishda sinab ko‘rish istagi tug‘ilmagan bo‘lardi.

Barcha qo‘rquvlaringizni oldindan belgilab oling

Nima uchun ishingizni o‘zgartirishingiz kerakligiga asos bo‘la oluvchi sabablar ro‘yxatini tuzing. Bu yo‘lda nimadan cho‘chiyotganingizni sanab o‘ting. So‘z kelganda ayamang. Qat'iy qadam qo‘yishga xalaqit berayotgan barcha qo‘rquv, gumonlaringiz va anglashmovchiliklarni "qog‘ozga to‘kib soling".

Ushbu ro‘yxatni ko‘zingiz tushadigan joyga joylang. Bu sizga ishni o‘zgartirish qiyinchiliklarni yengib o‘tishga arzishini yodga solib turadi.

Foto: Fotolia

Yaqinlaringizning qo‘llab-quvvatlashiga tayaning

Bunday muhim qarorni yolg‘iz qabul qilmang. Do‘stlaringiz yoki yaqinlaringizdan nima uchun ishingizni o‘zgartirishingiz kerakligiga doir ro‘yxatni tuzishda yordam berishni so‘rang.

So‘ngra yaqinlaringizga qo‘rquvlar sizning maqsadga erishishingizda to‘siq bo‘lishi mumkinligini ayting. Ulardan faoliyatni o‘zgartirishni, nima uchun bu ish vaqt va kuch sarflashga arzishini imkon qadar ko‘proq eslatib turishni so‘rang.

Oldinga harakat qilishingizga o‘ylab topilgan qo‘rquvlaringizgina xalaqit berayotganini sekin-asta tushunib yetasiz. Shunda o‘z maqsadlaringizga erishish yo‘lida ulardan ongli ravishda xalos bo‘la boshlaysiz.

Mavzuga oid