Sport | 11:25 / 14.11.2017
16444
1 daqiqa o‘qiladi

Italiyalik futbolchilar ommaviy ravishda termadan ketishmoqda

Foto: FIFA matbuot xizmati

Buffon ortidan Italiya terma jamoasi futbolchilari Daniele De Rossi, Jorjo Kellini va Andrea Bardzali ham milliy termadagi faoliyatlariga yakun yasashdi.

«De Rossi, Kellini va Bardzali ham termadagi faoliyatlarini yakunlashdi», – dedi Janluiji Buffon o‘yindan keyin bergan intervyusida.

Bardzali va De Rossi 2006 yilgi jahon chempionlari hisoblanishardi, Kellini 2012 yilgi Yevropa chempionatida vitse-chempion bo‘lgan, 2013 yilgi Konfederatsiyalar Kubogida bronza medal olgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid