Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvadagi kvartira narxidek turadigan brilliant iPhone X tayyorlandi
Rossiyaning qimmatbaho smartfonlar va aksessuarlar brendi Caviar 344 dona qora brilliant bilan bezalgan iPhone X smartfonini yaratganini ma'lum qildi. Bu haqda kompaniya vakili ma'lum qildi.
“Rossiya boyligi” deb nomlangan kolleksiyaga kirgan telefonning narxi 2,4 mln rublni yoki 40 ming dollarni tashkil qildi. Hozirda bunday pulga Moskvada bir xonali kvartira xarid qilish mumkin.
“Bugun Caviar qora ikra va Imperator tojiga bag‘ishlangan iPhone X’ni taqdim qiladi”, deb aytgan kompaniya vakili. Ushbu iPhone X korpusi oltin bilan qoplangan hamda brilliant va yoqutlar bilan bezalgan. Ushbu smartfon yagona nusxada yaratildi.
Caviar iPhone X modeli korpusi osyotr balig‘i ikrasining fakturasiga o‘xshash bajarilgan va antiqa relef hosil qiladi. Korpus shuningdek Rossiya gerbi va madhiyasidan so‘zlar bilan bezalgan.
Caviar kompaniyasiga italiyalik zargar Iliya Jakometti tomondan asos solingan. Ushbu firmaning birinchi buyumi 2001 yilda taqdim qilingan. “Caviar” so‘zining tarjimasi ikra deganidir.
Mavzuga oid
22:38 / 15.12.2021
O‘q o‘tkazmaydigan iPhone taqdim etildi
18:16 / 09.11.2021
Xitoydagi ko‘rgazmada usti brilliant bilan qoplangan Porsche avtomobili namoyish etildi
22:25 / 24.05.2021
Hongkongda noyob pushti brilliant rekord narxga sotildi
23:30 / 23.05.2019