Jahon | 10:25 / 15.11.2017
26615
2 daqiqa o‘qiladi

Nazarboyev o‘z “vorisini” Qo‘stanayda uchratdi (video)

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Qo‘stanayda mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan uchrashuvda o‘zining “vorisini" uchratdi. Bu haqda Tengrinews.kz xabar bermoqda.

Davlat rahbarining mehribonlik uyi bolalari bilan uchrashuvi Kostanay Plaza savdo-ko‘ngilochar markazida bo‘lib o‘tdi. Tarbiyalanuvchilar orasida yetti yoshli Kolya Denisov ham bo‘lgan, u mamlakat prezidenti bo‘lishni orzu qilmoqda.

"Hurmatli, Nursultan Abishevich, siz bilan uchrashganimdan juda xursandman. Men kurash bilan shug‘ullanaman, tennis o‘ynayman hamda kelajakda Qozog‘iston prezidenti bo‘lishni xohlayman. Siz kabi bo‘lish uchun nima qilish kerak?" – degan bolakay. 

"Men Qozog‘iston prezidenti kim bo‘lar ekan, deb orzu qilaman. Mana kim bo‘ladi. Bu yerda tayyor prezident bor", - deya hazil qilgan Nazarboyev hamda bolakayning boshini silab qo‘ygan.

 

Mavzuga oid