Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Ozodlik radiosi» va «Amerika ovozi»ning qo‘shma loyihasi Rossiyada xorijiy agent deb tan olinishi mumkin
«Ozodlik radiosi» (Radio Free Europe/Radio Liberty, RFE/RL’ning rus xizmati — «Radio Svoboda») va «Amerika Ovozi» («Golos Ameriki») ning qo‘shma loyihasi — «Nastoyashcheye vremya» (Currentime — «Ayni vaqt») ga xorijiy agent deb tan olishi ehtimoli haqidagi bildirishnoma jo‘natilgan. Bu haqda RIA Novostiga Rossiya adliya vazirligidagi manbasi xabar bergan.
Ilgari xuddi shunday bildirishnomalar «Golos Ameriki», shuningdek «Idel.realii» va «Kavkaz.Realii» («Radio Svoboda»ga taalluqli) loyihalariga ham jo‘natilgan edi.
Manbaning so‘zlariga ko‘ra, bildirishnomada ushbu loyihaning ishlarida xorijiy agentning faoliyati belgilari ko‘zga tashlanayotgani va unga nisbatan cheklovlar joriy etilishi mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan. Ushbu chora AQShda RT America (Russia Today – America)’ning «xorijiy agent» sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilishiga qarshi amalga oshirilayotgan bo‘lishi mumkin.
Chorshanba kuni Rossiya Davlat dumasi tomonidan notijorat tashkilotlar to‘g‘risidagi qonunga kiritilayotgan o‘zgartirishlar ma'qullanganidan so‘ng eng yaqin muddatlarda u ko‘rib chiqish uchun Federatsiya Kengashiga havola etiladi, agar u parlamentning yuqori palatasi tomonidan tasdiqlansa, prezidentga imzolashga olib kiriladi.
Chorshanba kuni «Ozod Yevropa radiosi/Ozodlik radiosi» Davlat dumasi tomonidan o‘zgartirishlar ma'qullanganidan so‘ng ham o‘z ishini davom ettirishini bildirib o‘tgan.
«Ozodlik radiosi» va «Amerika ovozi»ning faoliyati Amerika hukumatining teleradioeshittirishlar masalalari bo‘yicha boshqaruvchilar kengashi (BBG) tomonidan tartibga solinadi va AQSh Kongressi tomonidan moliyalashtiriladi.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025