PFL yilning eng markaziy uchrashuviga nomi chiqmagan hakamni tayinladi

O‘zbekiston professional futbol ligasi Oliy Liganing 29-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar uchun hakamlarni tayinladi. Bu haqda PFL rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Unga ko‘ra, turning eng markaziy uchrashuvi sanalgan «Nasaf» va «Paxtakor» uchrashuvini boshqarish navoiylik Zokirjon Qodirov boshchiligidagi hakamlar brigadasiga ishonib topshirildi. Ko‘pchilik bu o‘yinni boshqarishini kutgan Ravshan Ermatov esa «Bunyodkor» va «Buxoro» o‘yinida ishlaydigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Qodirov «Nasaf»ning joriy mavsumdagi eng muhim uchrashuvlaridan biri «Bunyodkor»ga qarshi Qarshidagi o‘yinni boshqargan va unda toshkentliklarning qo‘li baland kelgandi.
29 turni boshqarib boradigan hakam va nazoratchilarning to‘liq ro‘yxati quyida berilgan.
Oliy Liga, 29-tur
19 noyabr (yakshanba)
«Neftchi» (Farg‘ona) – «Mash'al» (Muborak)
Hakamlar: H. Ro‘ziyev (Toshkent), A. Po‘latov (Toshkent), T. Galeyev (Toshkent), J. Jalimov (Toshkent vil.)
Nazoratchi: R. Serazitdinov (Toshkent)
PFL vakili: R. Chernikov
«Qizilqum» (Navoiy) – «Metallurg» (Bekobod)
Hakamlar: Sh. Qosimov (Toshkent), H. Shodmonov (Buxoro), R. Serazitdinov (Toshkent), I. Xudaydotov (Toshkent)
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent)
PFL vakili: M. Saidqosimov.
«Olmaliq» (Olmaliq) – «Navbahor» (Namangan)
Hakamlar: V. Tseytlin (Toshkent), R. Shoyahmetov (Toshkent), A. Kalinin (Qarshi), F. Norsafarov (Qarshi).
Nazoratchi: X. Muxtorov (Samarqand)
PFL vakili: A. Frolov.
«So‘g‘diyona» (Jizzax) – «Qo‘qon-1912» (Qo‘qon)
Hakamlar: A. Risqullayev (Toshkent), T. Gaynullin (Toshkent), A. Usmonov (Toshkent), A. Rubakov (Toshkent).
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).
PFL vakili: Sh. Rajabov
«Bunyodkor» (Toshkent) – «Buxoro» (Buxoro)
Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), V. Kovalenko, I. Tantashev, J. Muxtorov.
Nazoratchi: G. Imomov (Toshkent).
PFL vakili: V. Shtern
«Nasaf» (Qarshi) – «Paxtakor» (Toshkent)
Hakamlar: Z. Qodirov (Navoiy), O. Jumayev (Navoiy), R. Samandarov (Navoiy), Sh. Rajabov (Buxoro).
Nazoratchi: A. Abdullayev (Toshkent).
PFL vakili: B. Haydarov
«Dinamo» (Samarqand) – «Lokomotiv» (Toshkent)
Hakamlar: A. Asimov (Toshkent), A. Snetkov (Toshkent vil.), A. Tsapenko (Toshkent vil.), N. Qosimov (Qarshi).
Nazoratchi: A. Xotamov (Toshkent)
PFL vakili: V. Lyotkin.
Ma'lumot uchun, barcha uchrashuvlar soat 14:00da boshlanadi.
Mavzuga oid

14:08 / 14.04.2025
«Paxtakor» yana yutqazdi, peshqadam yana o‘zgardi

13:44 / 30.03.2025
«Paxtakor» Toshkentda «Dinamo»ga yutqazdi, OKMK yaqqol peshqadam

03:09 / 12.03.2025
«Paxtakor» «Al Hilol»ga yirik hisobda yutqazib, Elit OChLni tark etdi

23:19 / 04.03.2025