Jahon | 19:54 / 16.11.2017
7192
2 daqiqa o‘qiladi

AQShning Zimbabvedagi elchixonasi vizalar bilan operatsiyalarni to‘xtatdi

Foto: AP Photo

AQShning Zimbabve poytaxti Xararedagi elchixonasi mamlakatda siyosiy beqarorlik ortida xodimlar yetishmayotgani sababli vizalar bilan operatsiyalarni to‘xtatishga qaror qildi.

“Xarareda cheklangan xodimlar tarkibi sababli konsullik bo‘limi 17 va 18 noyabrda vizalar bilan operatsiyalarni amalga oshirmaydi”, deb ma'lum qilingan elchixonada. Elchixonada “keyingi hafta boshidan viza operatsiyalarini bajarishga qaytilishiga” umid bildirilgan, biroq vaziyat kuzatilishi ma'lum qilingan.

Shuningdek, elchixona AQSh hukumati “Zimbabvedagi vaziyatdan tashvishdaligini” ma'lum qilgan. AQSh hukumati Zimbabve harbiy rahbariyatini “bosiqlik ko‘rsatish, qonunni hurmat qilish, barcha fuqarolarning konstitutsiya bilan himoyalangan huquqlarini qo‘llab-quvvatlash va mamlakatda barqaror vaziyatni tezda tiklashga” chaqirgan. 

Avvalroq harbiylar mamlakat prezidenti Robert Mugabening qarorgohini o‘z nazoratlariga olishgani ma'lum qilingandi. Ko‘chalarda zirhli texnika paydo bo‘lgan. Mugabe JAR prezidenti Jyeykob Zuma bilan telefon orqali suhbatda harbiylar uni uy qamog‘ida ushlab turishganini aytgan. Prezidentning rafiqasi Greys Mugabe mamlakatdan chiqib ketgani, avvalroq iste'foga ketkazilgan vitse-prezident Emmerson Mnangagva hukumatga boshchilik qilish uchun poytaxtga qaytgani ma'lum qilingan. 

93 yoshni qoralagan Mugabe mamlakatni 1980 yildan beri boshqarib kelgan.

Mavzuga oid