Bosh prokuratura uch opa-singil o‘limi bo‘yicha rasmiy ma'lumot berdi (video)
Toshkent shahri Olmazor tumanida istiqomat qiluvchi oilada birin-ketin uch opa-singillarning bevaqt vafot etgani haqida xabar berilgandi. «O‘zbekiston» telekanalining «Axborot 24» ko‘rsatuvida 15 noyabr kuni mazkur masala bo‘yicha lavha namoyish etildi. Unda bu borada tergov jarayoni yuzasidan Bosh prokuratura vakili rasmiy xabar berdi.
Bosh prokuraturaning jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Vohib Sharopovning aytishicha, opa-singil Qosimovalarning joriy yil 8 noyabr qayd etilgan o‘limi holati yuzasidan 9 noyabr kuni prokuratura organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
“Hozirgi kunda mazkur jinoyat ishi yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Qosimovalar o‘limining aniq sabablarini aniqlashga qaratilgan zarur tezkor-tergov harakatlari olib borilmoqda. Shu jumladan, kompleks sud-tibbiyot va sud-kimyoviy ekspertizalari o‘tkazilayotgan bo‘lib, ularning natijasiga ko‘ra tergov harakatlarining keyingi yo‘nalishlari belgilanadi hamda aybdor shaxslarni javobgarlikka tortishning barcha choralari ko‘riladi”, - dedi Bosh prokuratura vakili.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Beshqo‘rg‘on mavzei (Tansiqboyev-3)da yashovchi oilaning uch norasida farzandi ketma-ket vafot etgani haqida 11 noyabr kuni xabarlar tarqadi. Ijtimoiy tarmoqlarda bu oilani yaqindan tanigan qo‘shnilarning so‘zlariga ko‘ra, qizlar qiyma kabob tanovul qilganidan so‘ng qorinda og‘riq paydo bo‘lganini aytishgan. Keyin esa og‘riq qoldiruvchi dori iste'mol qilishgan. Biroq biroz vaqt o‘tgach, qizlarning ahvoli yanada og‘irlashadi va ulardan birining joni «tez yordam» mashinasida uziladi. Qolgan qizlarning ham ahvoli og‘ir bo‘lganligi sabab yuqumli kasalliklar shifoxonasiga jo‘natiladi. Ular ham birin-ketin vafot etishgan.
Mavzuga oid
20:56 / 20.10.2024
9 oyda ish haqi va nafaqa pullaridan 5,2 mlrd so‘m talon-toroj qilingani ma’lum qilindi
18:34 / 11.10.2024
Prokuratura tizimida sun’iy intellekt joriy qilinadi
20:03 / 09.10.2024
Yunusobod tumani prokuraturasi katta tergovchisiga qidiruv e’lon qilindi
17:10 / 01.10.2024