Jamiyat | 18:35 / 17.11.2017
7358
3 daqiqa o‘qiladi

Davlat tashkilotlari axborot xizmatlariga seminar-treningda OAV bilan ishlash prinsiplari bo‘yicha bilimlar berildi

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari Milliy assotsiatsiyasi hamkorligida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari axborot xizmatlari xodimlari uchun tashkil etilgan seminar-trening turkumi yakunlandi. 

60 nafarga yaqin axborot xizmati xodimlari ishtirok etgan seminar-treningdan ko‘zlangan maqsad davlat tuzilmalarining ochiqligi va fuqarolar oldida hisobdorligini ta'minlash, fuqarolar manfaatlari va huquqlarini himoya qilish bo‘yicha yanada samarali faoliyat yuritish uchun ularning jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari bilan ishlash sifati va samaradorligini oshirishga qaratildi.

Bugungi kunda axborot xizmatlarining faoliyati takomillashtirib borilmoqda. Xususan, axborot xizmatlari salohiyatini oshirish uchun tashkiliy-huquqiy asoslar mustahkamlanib, texnik imkoniyatlar oshirilmoqda. So‘nggi paytlarda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida joylashtirib kelinayotgan me'yoriy-huquqiy hujjat va boshqa ma'lumotlar qabul qilinayotgan hujjatlarning sifati, aholining huquqiy madaniyati va ongini oshirishga xizmat qilmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasining «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi Qonuni normalarining amaliyotga tadbiq etilayotgani aholi, media tuzilmalar, jamoat tashkilotlarining davlat organlari axborot manbalaridan keng foydalanish imkonini yaratdi.

Seminar-trening doirasida ishtirokchilar davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida axborot ishining o‘ziga xos jihatlari, matbuot xizmatlarining asosiy maqsad va vazifalari, turli OAV bilan ishlash prinsiplarini muhokama qilish, press-reliz tayyorlash qoidalari, matbuot anjumani va brifinglar o‘tkazish kabi qator muhim masalalar bo‘yicha nazariy bilimlarga ega bo‘ldilar.

Shuningdek, ularga amaliy mashg‘ulotlar tashkil etish, medialoyihalar tayyorlash, O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasidan kelib chiqadigan vazifalarni amalga oshirishda axboriy-siyosiy texnologiyalarni qo‘llash, axborot xizmatlari faoliyatini tashkil qilishga doir qonunchilik sharhi, axborot xizmatlari tomonidan jamoatchilik va OAV vakillari uchun tadbirlar tashkil etishning samarali uslublari, tashkilot tomonidan ko‘rsatilayotgan elektron davlat xizmatlari va ularning targ‘ibotiga doir dolzarb masalalar, axborot xizmatlari faoliyatida internet va multimediyaviy texnologiyalarni qo‘llash va boshqa bir qator masalalar bo‘yicha zarur ma'lumotlar berildi.

Tadbir yakuni bo‘yicha test imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan ishtirokchilarga tashkilotchilarning maxsus diplomlari topshirildi.

Mavzuga oid