Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorijga ishlashga yuborishni va'da qilib, ikki yigitni chuv tushirgan ayol fosh etildi
Chinoz tumanida, 2017 yilning iyun oyida Quyichirchiq tumanida yashovchi, uy bekasi, 1992 yilda tug‘ilgan Shoira Asilova (keltirilgan ism-familiyalar o‘zgartirilgan) xorijga ishlashga yuborishni va'da qilib, ikki yigitni chuv tushirdi. Bu haqda Toshkent viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, ushbu ayol firibgarlik yo‘li bilan, Chinoz tumanida yashovchi 1984 yilda tug‘ilgan Maqsudbek Boqiyev va 1981 yilda tug‘ilgan Olim Iskandarovlarning ishonchlarini suiiste'mol qilib, «Koreya Respublikasiga ishlashga yuboraman» – deb aldab, ulardan 1.500 dollarni olib, shu kunga qadar qaytarib bermagan.
Ushbu holat yuzasidan unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergovni IIB olib bormoqda.
Mavzuga oid
08:42 / 26.05.2025
Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi
08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
21:32 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
07:40 / 21.05.2025