Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijondagi kasb-hunar kolleji kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi ehtiyojiga kadrlar tayyorlaydi
Kasb-hunar kolleji bitiruvchilarini ish bilan ta'minlash dolzarb masalalardan biridir.
Endi Andijon sanoat va transport kolleji - kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi ehtiyoji uchun suv-oqava tizimi, issiqlik tizimi, ko‘p qavatli uy-joylarni ta'mirlash hamda shirkat xo‘jaliklarida ish yuritishga ixtisoslashgan malakali kadrlar tayyorlaydi.
Kollejda o‘quvchilarning ushbu sohani amaliyotda egallashlari uchun o‘quv-metodik xonalari hamda moddiy-texnika bazasi yaratildi.
17 noyabr kuni mazkur ta'lim dargohida ish beruvchi korxona va tashkilotlar rahbarlari, viloyatdagi kelgusida faoliyati davom etadigan 42ta kasb-hunar kollejlari direktorlari, o‘quv, ishlab chiqarish ta'limi bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari va bosh ustalari ishtirokida “Kasb-hunar kolleji va korxona o‘rtasidagi integratsiyani rivojlantirish – davr talabi” mavzusida seminar tashkil etildi.



Unda viloyatdagi kasb-hunar kollejlarining 2018-2021 yillarga mo‘ljallangan faoliyatini rejalashtirish, ularda mutaxassislarni kasblar kesimida korxona va tashkilotlarning ehtiyojlari asosida tayyorlashni amalga oshirish, bu borada tegishli o‘quv-metodik hujjatlarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish hamda shu bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni muvofiqlashtirish bo‘yicha kelgusida amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida fikr-mulohazalar bildirildi hamda mazkur masala yuzasidan tizimdagi rahbar xodimlar oldidagi dolzarb vazifalar belgilab olindi.

Anjumanda viloyat kasb-hunar ta'limi boshqarmasi boshlig‘i F. Buzrukov, viloyat uy-joy, kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i M.Tojiboyev, O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi kadrlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i B.Kanayev hamda mazkur vazirlikning o‘quv-metodik markazi direktori O.Saidazimov ishtirok etdi hamda kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr almashdi.



Shuningdek, seminar ishtirokchilari ta'lim muassasasining 3ta o‘quv ustaxonasida tashkil etilgan o‘quvchilarning amaliyot mashg‘ulotlarini kuzatishdi.
KUN.UZ muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon
Mavzuga oid
22:14 / 27.05.2025
«Nasaf» «Andijon»ni mag‘lub etib, O‘zbekiston Superkubogi egasi bo‘ldi
23:01 / 26.05.2025
Andijonda daraxt Cobalt ustiga qulab tushdi
19:26 / 26.05.2025
Andijonda tanishlari orqali 100 ming dollar kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
07:50 / 24.05.2025