Toshkent viloyati IIB: qidiruvdagi 23 nafar jinoyatchi qo‘lga olindi
Jinoyatchilikning oldini olish va profilaktikasi tadbirlari davomida Toshkent viloyatining mahalla fuqarolar yig‘inlari, ta'lim muassasalari va korxona-tashkilotlarda jamoat tartibini saqlash, xavfsizlikni ta'minlash, jinoyat sodir etib, sud va tergov organlaridan yashirinib yurgan qidiruvdagi shaxslarni aniqlab ushlash borasida muayyan ishlar amalga oshirildi, deb xabar beradi KUN.UZ’ga Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati.
Chunonchi, aholining pasport tizimi qoidalariga rioya etishlarini ta'minlash, mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda har bir mahalla hududida profilaktika inspektorlarini ish samaradorligini oshirish uchun munosib turmush sharoitlar yaratish, jamiyatda qonun ustuvorligi, adolat, tinchlik-osoyishtalik va totuvlikni qaror toptirish kabi masalalarda uchrashuvlar o‘tkazildi.
Viloyat hududida 2017 yilning 9 noyabr kunidan 16 noyabr kuniga qadar ilgari sodir etilib, ochilmagan jami 12 ta, jumladan — qasddan odam o‘ldirish, talonchilik, bezorilik, taqiqlangan ekinlarni parvarishlash hamda o‘g‘irlik jinoyatlari fosh etildi.
Hafta davomida qidiruvda yurgan 23 nafar shaxslar ushlandi. Ular qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish, bosqinchilik, bezorilik, qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasiga kirish, voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxsni moddiy ta'minlashdan bo‘yin tovlash, kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik, tuhmat, firibgarlik, qasddan badanga shikast yetkazish, o‘g‘irlik jinoyatlarini sodir etib, sud va tergovdan qochib yurgan shaxslardir.
Mavzuga oid
20:20 / 03.10.2019
Toshkent viloyati IIB boshlig‘iga yangi o‘rinbosar tayinlandi
21:22 / 06.09.2019
Toshkent viloyatida jarimalarni o‘z vaqtida to‘lamagan haydovchilar “AUTO CON” moslamasi yordamida aniqlanmoqda
13:42 / 31.12.2018
Toshkent viloyati IIBning bir guruh faxriylari nafaqaga kuzatildi
10:47 / 19.04.2018