Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniya bosh prokurori Argentinada vafot etdi
Ispaniya bosh prokurori Xose Manuel Masa Argentina poytaxti Buenos-Ayresdagi shifoxonalardan birida hayotdan ko‘z yumdi, deb ma'lum qilgan Ispaniya qirolligi bosh vaziri Mariano Raxoy Twitter sahifasida.
"Bosh prokuror Xose Manuel Masa Martin vafot etdi. Uning faoliyati va davlatga qo‘shgan hissasi uchun tashakkurlarim. Men oilasi, do‘stlari va yaqinlariga hamdardlik bildiraman", — deb yozgan Raxoy.
El Mundo gazetasining yozishicha, Xose Manuel Masa infeksiyaga chalingani munosabati bilan Buenos-Ayres shifoxonasiga yotqizilgan edi.
Masa Argentinaga Iberoamerika davlatlari prokurorlari Assambleyasida ishtirok etish uchun borgan edi.
Mavzuga oid
13:40 / 24.05.2025
Ispaniya banki O‘zbekistonda loyihalarni moliyalashtirishga qiziqish bildirmoqda
18:05 / 21.05.2025
Madrid yaqinida ukrainalik siyosatchi Andrey Portnov otib ketildi. U Yanukovichning sobiq safdoshi edi
18:13 / 20.05.2025
Ispaniyada internet va mobil aloqa uzilib qoldi
18:21 / 18.05.2025