Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: YeI Turkiyaga moliyaviy yordamni qisqartiradi
Yevropa Ittifoqi Turkiyaga ko‘rsatayotgan moliyaviy yordamini qisqartiradi, deb xabar qilmoqda Deutsche Welle.
YeIga a'zo mamlakatlarning 2018 yilgi byudjyet bo‘yicha muzokaralari natijasiga ko‘ra, shunday qarorga kelingan.
Qayd etilishicha, Anqaraga ajratilayotgan mablag‘ miqdorini byudjyetning birinchi loyihasiga qaraganda 105 mln yevroga qisqartirishga kelishilgan. Byudjyetning dastlabki loyihasi Yevrokomissiya tomonidan ishlab chiqilgan edi.
Bunda 70 mln yevro to‘lashning alohida sharti belgilangan. Bryussel Anqaraning huquqiy davlat qoidalariga amal qilayotganini ko‘rsagina bu mablag‘ni Turkiyaga to‘laydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Anqara YeI a'zoligiga muhtoj emasligini aytgandi.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025