Jamiyat | 10:30 / 19.11.2017
7903
2 daqiqa o‘qiladi

Shahzodalar Uilyam va Harri “Yulduzlar janglari”ning yangi qismida suratga tushishdi

Foto: Global Look Press

Britaniya qirolichasi Yelizaveta II’ning nabiralari, aka-uka shahzodalar Uilyam va Harri “Yulduzlar janglari” filmining yangi qismida suratga tushdilar. “Yulduzlar janglari: Oxirgi jyedaylar” filmi 15 dekabrdan ekranlarga chiqariladi.

Filmda shuningdek britaniyalik aktyor Tom Xardi va Take That guruhi a'zosi Geri Barlou ham rol ijro etganlar. Bu haqda Hollywood Reporter xabar bermoqda

Biroq ularni filmda tanish oson bo‘lmaydi. Filmni suratga olish jarayoniga yaqin bo‘lgan manbaning ma'lum qilishicha, aka-ukalar hamda Xardi va Barlou shturmchi askarlar kostyumlarida paydo bo‘ladilar.

Film syujyetiga ko‘ra, ular aktyor Jon Boyyegining Finn ismli qahramonini qo‘riqlaydilar. Boyyegining o‘zi esa shahzodalar bilan birga ishlash qiziq va zavqli bo‘lganini aytgan.

Shahzodalarning filmda suratga tushishlari haqidagi gaplar 2016 yil bahorida paydo bo‘lgandi. 

Mavzuga oid